Onlayn-KKM almashtirish

Barcha Onlayn-NKM larni ERA PAX A930 RTX Onlayn-NKM ga almashtirib berish imkoniyati

Bunday imkoniyat turida biz quyidagilarni taqdim qilamiz:

  1. Barcha Onlayn-NKM larni bizning ERA PAX A930 RTX onlayn-NKM ga tekinga, vaqtinchalik ishlatishi uchun almashtirib beramiz. Ya’ni biz bilan shartnomani bekor qilgan payti “Mijoz” PAX A930 RTX Onlayn-NKM ni yaxshi holatda qaytarib berishi kerak.

    Agarda PAX A930 RTX Onlayn-NKM da buzilgan joylari , ishlamayotgan joylari topilsa biz “DEFEKT AKT” ini tuzamiz va ta’mirlash summasi ga qarab mijozga hisob faktura yuboramiz.

    Ya’ni mijoz apparatni buzib olib kelgani uchun toʻlov qilishi kerak boʻladi.
  2. Undan tashqari biz mijozga tegishli boʻlgan Onlayn-NKM apparatining FM (fiskal moduli) ni oʻzimizning ERA PAX A930 RTX Onlayn-NKM ga joylashtirib beramiz.
  3. Bu imkoniyat butun respublika uchun amal qiladi.

Mijozning majburiyatlari:

  1. 10 oyga 1.000.000 soʻm (Bir million soʻm) abonent toʻlovini boshida toʻlashi kerak boʻladi.
  2. Bir martalik xizmat uchun 262500 soʻm (1 BHM - Bazaviy hisoblash miqdorining 70%) toʻlovni bir marta amalga oshirishi kerak boʻladi.
  3. Shartnomani bekor qilganda ERA PAX A930 RTX Onlayn-NKM ni yaxshi holatda qaytarib berishi kerak.
  4. Undan tashqari mijoz fiskal modul uchun ОФД ga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarida toʻlov qiladi. Mazkur toʻlov bir yilda bir marotaba toʻlanadi.

    10.01.2025 sanasida bu toʻlov summasi 375000 sumni tashkil qilmoqda.